Qashqadaryo viloyatida "Do‘stlik" festivali yuqori kayfiyatda o‘tdi
2026-07-31 11:25:00 / Yangiliklar

Qarshi shahri markazidagi viloyat musiqali drama teatri oldida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi hamda 30 iyul — Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan "Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!" g‘oyasi ostida "Do‘stlik" festivalining viloyat bosqichi tantanali tarzda bo‘lib o‘tdi.
Festival "Oila" monumenti poyiga gulchambar qoʻyish bilan boshlanib, unda milliy madaniy markazlar vakillari hamda yoshlar ishtirok etib, yurtimizdagi do‘stlik, hamjihatlik va vatanparvarlik g‘oyalari hurmatiga gulchambar qoʻydilar.
"Do‘stlik" festivali yurtimizdagi tinchlik, millatlararo totuvlik va umumxalq birdamligini mustahkamlash, shuningdek, davlat mustaqilligining 35 yilligini munosib qarshi olish yo‘lidagi muhim madaniy-ma’rifiy tadbirlardan biri sifatida katta ahamiyat kasb etdi.









