Batosh mahallasida yo‘l infratuzilmasi yaxshilanmoqda
2026-07-24 10:10:00 / Yangiliklar

Bugungi kunda Qarshi tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasi”dagi mahallalarda tizimli ishlar olib borilmoqda. Ayni kunlarda Batosh mahallasi infratuzilmasini yangilash va asfaltlashtirish bo‘yicha ishlar jadallik bilan bajarilmoqda.
Jumladan, mahallaning 13 ko‘chasini qamrab oluvchi 3 km 427 metr bo‘lgan ichki ko‘chalarni asfaltlashtirish ishlari olib borilmoqda.
Mazkur ishlar aholi uchun yanada qulay harakatlanish va mahallalar infratuzilmasini yaxshilashga xizmat qiladi.






