Yoshlar uchun innovatsion loyihalarni ro‘yobga chiqarish imkoniyatlari tanishtirildi
2026-07-21 09:15:00 / Yangiliklar

Qarshi davlat universitetida Qashqadaryo viloyati hokimligi hamda IT Park Qashqadaryo viloyat filiali hamkorligida President Tech Award, President AI Award hamda viloyat hokimi tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan "Qashqadaryo Startup League" tanlovlariga bag‘ishlangan targ‘ibot seminari tashkil etildi.
Seminarda yoshlar, talabalar va innovatsion g‘oyalar mualliflariga tanlovlarda ishtirok etish tartibi, ariza topshirish jarayoni, baholash mezonlari hamda g‘oliblar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, "Qashqadaryo Startup League" tanlovining mazmun-mohiyati, startap tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari va istiqbolli loyihalarni rivojlantirish imkoniyatlari yuzasidan taqdimot o‘tkazildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilarning savollariga mutaxassislar tomonidan javob berilib, yoshlar innovatsion g‘oyalari bilan tanlovlarda faol ishtirok etishga chaqirildi.



