Bugungi kunda Qashqadaryo viloyatida “Unicon-Soft” MChJ tomonidan yaratilgan elektron tizimlar foydalanuvchilarga bir qator imkoniyat va qulayliklar taqdim etmoqda
2026-06-30 12:20:00 / Yangiliklar

1) Edo.ijro.uz elektron hujjat aylanish tizimi tashkilotlar o‘rtasida hujjatlarni yaratish, yuborish, kelishish, imzolash va ijrosini nazorat qilish jarayonlarini to‘liq elektron shaklda amalga oshirish imkonini beradi. Tizim ijro intizomini mustahkamlash, vaqt va qog‘oz sarfini kamaytirish hamda hujjatlar bilan ishlash samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.
Joriy yilning birinchi yarim yilligida edo.ijro.uz tizimi orqali 1 800 000 dan ortiq elektron hujjat yaratilgan. Taqqoslash uchun, 2025-yil birinchi yarim yilligida ushbu ko‘rsatkich 1 400 000 tani tashkil etgan bo‘lsa, joriy yilda 28,6 foizga oshgan.
Mobil ilovasi: Edo.ijro.uz
2) E-huquqshunos davlat tashkilotlariga yuridik xizmat ko'rsatish bilan bog'liq barcha ma'lumot va jarayonlarni to'liq elektron ravishda yig'ish, qayta ishlash, tahlil qilish va amalga oshirish imkonini beruvchi elektron tizim.
Mobil ilovasi: E-huquqshunos
3) Raqamli mahalla platformasi - aholining ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini aniqlash va bartaraf etish bo'yicha “Mahalla yettiligi”ning tarkib tizimlarini birlashtirgan avtomatlashtirilgan dasturiy ta'minot hisoblanadi. Platforma yordamida aholi muammolarini aniqlash va hal etish tizimi takomillashtirilib, “Mahalla yettiligi”ning tarqoq tizimlarini hamkorlikdagi faoliyati yo'lga qo'yildi.
Raqamli mahalla platformasida quyidagi murojaat modullari ishlab chiqilgan bo'lib, amaliyotda keng qo'llanilib kelinmoqda
- Ijtimoiy murojaat
- Yettilikga murojaat
- Adliyaga murojaat
Davomat moduli: O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Mahallabay ishlashga mas'ul bo'lgan shaxslar faoliyatini va hamkorligini samarali ta'minlash hamda “Mahalla yettiligi” faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risidagi 15.03.2024-yildagi 137-son qarori asosida joriy qilingan. Viloyatimizdagi 776 ta mahallaning 5 432 ta yettiligi a'zolari ishga kelishi va ishdan ketishi bo'yicha davomatni (tabel) yuritilib “Davomat” moduli ishlamoqda;
Migratsiyaga tayyorlash moduli: Mehnat migratsiyasiga ketish istagida bo'lgan fuqarolarni chet tillariga va kasb-hunarlarga o'qitish va xorijiy davlatlarga ishga joylashtirilishini tashkillashtirish bo'yicha “Migratsiyaga tayyorlash” moduli ishga tushirildi. Shuningdek Raqamli mahalla mobil ilovasi orqali fuqarolar migratsiyaga ketish istagini onlayn murojaat orqali mahalla raisiga yuborish imkoniyati ham mavjud;
Mobil ilovasi: Raqamli mahalla
Erishilgan natijalar hududda raqamli texnologiyalarni joriy etish ishlari izchil davom etayotganini, elektron hujjat aylanishi tizimlaridan foydalanish ko‘lami kengayib borayotganini hamda boshqaruv jarayonlarining samaradorligi, shaffofligi va tezkorligi ortib borayotganini ko‘rsatadi.
Mazkur ko‘rsatkichlar “Unicon-Soft” MChJ tomonidan ishlab chiqilgan axborot tizimlarining amaliy samaradorligini hamda Qashqadaryo viloyatida raqamli transformatsiya jarayonlari muvaffaqiyatli amalga oshirilayotganini tasdiqlaydi.
