Qashqadaryo teatri xalqaro festival sahnasida
2026-06-28 15:25:00 / Yangiliklar

Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri jamoasi Moldova Respublikasining Kishinyov shahrida o‘tkazilayotgan "MOLDFEST–2026" xalqaro teatr festivalida muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
Nufuzli festivalda Italiya, Xitoy, Shvetsiya, Gruziya, Ozarbayjon, Litva, Armaniston, Moldova, Ukraina, Serbiya, Shimoliy Makedoniya hamda O‘zbekiston teatr jamoalari o‘z sahna asarlari bilan qatnashdi.
Qashqadaryo san’atkorlarining mazkur xalqaro festivaldagi ishtiroki milliy teatr san’atini xalqaro maydonda munosib namoyish etish barobarida, ijodiy aloqalarni kengaytirib va madaniy hamkorlikni ham mustahkamlamoqda.



