Viloyati hokimi "So‘nggi qo‘ng‘iroq" tadbirida ishtirok etdi
2026-05-25 12:25:00 / Yangiliklar

Xabar berganimizdek, bugun viloyat hokimi Murotjon Azimov oʻzi tahsil olgan Kitob tumanidagi 49-maktabga borib, u yerda dabdabadan holi va "Yuksak ma’rifatli avlod - Uchinchi Renessans poydevori" shiori ostida o‘tkazilgan "So‘nggi qo‘ng‘iroq" tadbirida ishtirok etdi va Prezidentimizning bitiruvchilarga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi.
Muhtaram Prezidentimiz ta’kidlaganidek: “Albatta, bugungi bitiruvchi – ertangi muhandis, shifokor, olim, shoir va adib, tadbirkor degani. Bugungi bitiruvchi – Uchinchi Renessans bunyodkori degani. Sizlar Yangi O‘zbekistonning eng katta ishonchi va tayanchisiz”.
Shuningdek, viloyat hokimi maktab jamoasiga esdalik sovg‘alari va kitoblar jamlanmasini topshirdi. Bundan tashqari viloyat rahbari o‘zining ustozlariga ehtirom ko‘rsatib, ularga sihatgohga dam olishlari uchun yo‘llanmalar topshirdi.
Ma’lumot o‘rnida, Kitobdagi 49-maktabda 714 nafar o‘quvchi ta’lim olib, ularning bilim va salohiyatini yuksaltirish yo‘lida esa 56 nafar fidoyi pedagog ta'lim bermoqda. Joriy yil maktabni 49 nafar bitiruvchi muvaffaqiyatli tamomlayotgan bo'lsa, ularning 10 nafarga yaqini hali maktabni yakunlamasdan turib oliy ta’lim muassasalari talabasi bo‘lish baxtiga muyassar bo‘ldi.









