“Qashqadaryo viloyati hokimi Olimpiadasi” musobaqalari davom etmoqda
2026-05-23 11:35:00 / Yangiliklar

Xabar berganimizdek, viloyatimizda “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” sport musobaqalari doirasida “Qashqadaryo viloyati hokimi Olimpiadasi” belgilangan sport turlari bo'yicha o'tkazilmoqda.
Xususan, hozirda boks bahslari davom etib, velosport va gandbol sport turlari bo'yicha esa musobaqalar yakuniga yetdi. Musobaqalar davomida viloyatning barcha tuman va shaharlaridan tashrif buyurgan sportchilar g‘oliblik uchun murosasiz kurash olib borib, o‘zlarining tezkorligi, chidamliligi va mahoratini namoyon etdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, g‘olib va sovrindor sportchilar tantanali ravishda taqdirlandi. G'oliblar musobaqalarning respublika bosqichiga yo'llanma oldi.








