Mirakida Zarafshon daryosi havza kengashining 5-yig‘ilishi o'tkazildi
2026-05-22 16:25:00 / Yangiliklar

Shahrisabz tumanidagi Miraki turizm majmuasida Zarafshon daryosi havza kengashining 5-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbir Markaziy Osiyo Mintaqaviy ekologik markazi (MOMEM) va Karitas-Shveytsariya (Caritas Switzerland) konsortsiumi bilan hamkorlikda 2023–2027-yillarda amalga oshirilayotgan “Zarafshon daryosi havzasining iqlimga chidamli kompleks suv resurslarini boshqarish” loyihasi doirasida tashkil etildi.
Tadbirning birinchi kunida tumandagi Qashqadaryo va Zarafshon daryolari havzalari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ta’minlovchi Qoraxo‘ja-2 kanali bosh inshooti, ichimlik suvi ta’minoti loyihalari va “Paxtakor” nasos stansiyasi faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
Keyingi kunda rasmiy ochilish marosimi o'tkazilib, Shveytsariyaning yurtimizdagi elchixonasi missiyasi boshlig‘i o‘rinbosari, xalqaro hamkorlik rahbari Andrin Fink havza kengashlarini rivojlantirish masalasiga to‘xtalib o'tdi.









