Qashqadaryo — Germaniya hamkorligidagi loyiha amaliy natija bermoqda
2026-05-21 17:55:00 / Yangiliklar

Prezidentimiz tashabbusi bilan Qarshi shahrida Germaniyaning “Prosica” hamda “Motiba” kompaniyalari hamkorligida tashkil etilgan “Xorijiy tillar va kasbga o‘qitish markazi” bugun o‘zining ilk samaralarini namoyon etmoqda.
Mazkur markazda qisqa muddat davomida nemis tilini o‘rgangan bir guruh yoshlar Germaniya kompaniyalari vakillari bilan suhbat jarayonlarida ishtirok etgan edi. Bugun esa suhbatlardan muvaffaqiyatli o‘tgan yoshlar bilan mehnat shartnomalari imzolandi.
Endilikda ular Germaniyada yuqori daromadli ish faoliyatini boshlash uchun jo‘nab ketishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.








