Murojaatlar bilan ishlash va korrupsiyaga qarshi kurashish muhim omil hisoblanadi
2026-05-20 15:45:00 / Yangiliklar

Shu bois, viloyat hokimligida “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunning mohiyati va ahamiyatini tushuntirish bo‘yicha viloyat hokimligi xodimlari uchun seminar tarzida muloqot o‘tkazildi.
Mazkur seminar viloyat hokimligining yuridik bo‘limi tomonidan tashkil etilib, ular va viloyat adliya boshqarmasi mas’ul xodimi tomonidan murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi, javob berish, muddatlari va boshqa holatlar to‘g‘risida hamda ishtirokchilarning qiziqtirgan savollariga batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, muloqot davomida viloyat hokimligining Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limi rahbari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish va manfaatlar to‘qnashuvi haqida suhbat olib borildi. Bunday holatlarni oldini olish borasida qilinayotgan ishlar va ko'rilayotgan choralar to'g'risida ma'lumotlar xodimlarga yetkazildi.
