“Sevinch”ning zafarli yo‘li davom etmoqda
2026-05-18 16:40:00 / Yangiliklar

Xabaringiz bor, 16-may kuni O‘zbekiston kubogi guruh bosqichi o‘yinlari doirasida viloyatimizning “Nasaf” jamoasi “Havokand” jamoasini qabul qildi. O‘tkazilgan uchrashuv davomida viloyat hokimi Murotjon Azimov boshchiligidagi rahbarlar ishtirokida 6 karra O‘zbekiston Superkubogi g‘olibi bo‘lgan “Sevinch” ayollar futbol klubini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Taqdirlash marosimida jamoaning yillar davomida mamlakat futbolida munosib natijalar qayd etib kelayotgani alohida e’tirof etildi.
Tadbir davomida viloyat rahbari klub a’zolariga samimiy tilaklar bildirib, ularning kelgusi musobaqalardagi ishonchli ishtiroki va yangi g‘alabalariga omad tiladi.
Ma’lumot o‘rnida, “Nasaf” jamoasi “Havokand” ustidan 6:1 hisobida ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.




