17-APREL KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
2026-04-17 09:05:00 / Ob-havo

Bugun kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 13-18° bo‘ladi.
Poytaxtimizda biroz yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 14-16° bo‘ladi.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Baland tog‘li hududlarda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadii, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 3-8° iliq bo‘ladi.
