Viloyatda kichik GES qurish bo'yicha investor bilan muloqot qilindi
2026-04-14 18:15:00 / Yangiliklar

Avvalroq viloyat hokimi Murotjon Azimov xorijlik investorlarni qabul qilib, muloqot davomida viloyatimiz hududida kichik GESlarni qurish bo‘yicha muhokama olib borayotgani haqida ma’lum qilgan edik.
Muloqot davomida viloyat rahbari investorlarning elektr energiyasini ishlab chiqarish bo‘yicha kichik GES taklif loyiha taqdimoti bilan tanishdi. Shuningdek, investor kompaniya to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi.
Shundan so‘ng viloyat hokimi bu borada o‘zining fikr-mulohazalarini bildirgan holda bu kabi kam xarajat va tabiiy ishlab chiqarish siklidan iborat bo‘lgan elektr energiyasini ishlab chiqarish loyihasini qurishda qonun talablari asosida zaruriy qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligini bildirib, tezroq amaliy ishlarni boshlash kerakligini ta’kidladi. Bu borada mas’ullarga ham topshiriqlar berdi.




