Viloyat hokimi bir qancha qurilish loyiha takliflari bilan tanishdi
2026-04-07 09:30:00 / Yangiliklar

Xususan, viloyat rahbari Murotjon Azimovga mas'ullar tomonidan Qarshi shahri, G'uzor va Yakkabog' tumanlarida bunyod etiladigan bir qancha turar-joy massivlari, ijtimoiy va xizmat ko'rsatish obyektlarining taklif loyihalari taqdimot qilindi.
Jumladan, Qarshi shahridagi "Xontepa" mahallasida 27 gektar maydonda qurilishi reja qilinayotgan ko'p qavatli turar-joylar massivi, G'uzor tumanidagi "Yangi O'zbekiston" massivi hamda tumandagi "O'zbekiston" va "Mustaqillik" ko'chalarida mavjud turar-joylar o'rniga ko'p qavatli turar-joylarning qurilishi hamda Yakkabog' tumanining "Jambul" mahallasida avtoshohbekat, mehmonxona, xalqaro til maktabi va ko'p qavatli turar-joy binolari loyihalari takliflari muhokama etildi.
Mazkur loyihalar bo'yicha viloyat rahbari tomonidan taklif va mulohazalar bildirildi. Bunda asosiy e'tibor aholiga yanada qulaylik yaratish ustuvor vazifa ekanligi ta'kidlandi.
Shuningdek, tegishli mas'ullar hudud aholisi va tadbirkorlik subyektlariga renovatsiya dasturining mazmun-mohiyati, amalga oshirilayotgan ishlar va kutilayotgan natijalar haqida batafsil maʼlumotlar taqdim etib borishi ta'kidlandi.









