Mahalliy boshqaruv organlaridan bo‘shaydigan binolar "E-AUKSION" savdolariga chiqariladi
2026-03-31 18:30:00 / Yangiliklar

Aholi va tadbirkorlik subyektlariga qulay sharoitlar yaratish uchun tuman (shahar) mahalliy boshqaruv organlarini optimal joylashtirish hamda ularning bo‘shaydigan bino va inshootlarini xususiylashtirish orqali tadbirkorlik loyihalarini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 22.10.2025-yildagi 668-sonli qaror qiladi.
Mazkur qaror bilan, hududlarning 2025-2026-yillarda jadal kompleks rivojlantirish dasturlariga muvofiq, bir joyda optimal joylashtiriladigan tuman (shahar) mahalliy boshqaruv organlari ro‘yxati tasdiqlangandi hamda yangi ko‘p funksiyali va ko‘p qavatli ma’muriy binolarga optimal joylashtirish bo‘yicha namunaviy loyiha tasdiqlandi.
Shunga ko‘ra, Respublika bo‘yicha 16 ta tuman va shaharlarda, mahalliy boshqaruv organlarining ma’muriy binolari xatlovdan o‘tkazilganligi va bir joyda optimal joylashtiriladigan mahalliy boshqaruv organlari ro‘yxati belgilandi.
Optimal joylashtirish natijasida qarorda tasdiqlangan ro‘yxatga ko‘ra, 112 ta bo‘shaydigan davlat ko‘chmas mulk obyektlari "E-auksion" elektron onlayn-auksion savdolari orqali sotiladi. Qashqadaryo viloyatida ushbu ro‘yxatga Yakkabog‘ tumanidagi 5 ta ma’muriy bino va inshootlar tadbirkorlarga xususiylashtirishi belgilab qo‘yilgan.
Shu bilan birga, yangi ma’muriy binolar foydalanishga qabul qilingandan so‘ng ularning 1 va 2-qavatlarida savdo va servis faoliyatini amalga oshirish belgilangan bo‘lib, ushbu xonalar belgilangan tartibga ko‘ra, "E-auksion" elektron savdo platformasi orqali ijaraga beriladi.
“Elektron onlayn-autsionlarni tashkil etish” AJ
Qashqadaryo viloyati vakili Jo‘rayev Davronbek
