Murotjon Azimov xorijiy investorlar bilan uchrashdi
2026-03-26 20:35:00 / Yangiliklar

Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov viloyatimizda faoliyat yuritayotgan xorijiy kompaniya vakillarini qabul qildi. Uchrashuv davomida hududda investitsiya loyihalarini kengaytirish, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish, eksport salohiyatini oshirish hamda mahalliy aholi bandligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, mavjud hamkorlikni yanada rivojlantirish, investorlarga yaratilayotgan sharoitlar va kelgusidagi istiqbolli loyihalar yuzasidan fikr almashildi.



