Viloyat hokimi ishtirokida navbatdagi "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi o‘tkazildi
2026-03-19 17:10:00 / Yangiliklar

Bugun hech kimga sir emaski davlatimiz rahbari tomonidan yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida ko‘plab tashabbuslar ilgari surilib, bu borada olib borayotgan islohotlari hududlarda yoshlar bilan yanada ishlash va ularga keng imkoniyatlar yaratishga poydevor bo‘lmoqda.
Xususan, Prezidentimizning mamlakatimizda har haftaning payshanba kuni vazirlik, idora va hokimliklarda “Yoshlar kuni” deb belgilab berilgani bois bugun viloyat hokimi Murotjon Azimov boshchiligidagi mas’ul rahbarlar ishtirokida navbatdagi "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi o‘tkazildi.
Muloqot davomida kelajagimiz ertalari tomonidan bildirilgan taklif va tashabbuslar, ularni qiynayotgan masalalar muhokama qilinib, har birini o‘rganish va ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.
Shuningdek, avvalgi uchrashuvlar davomida o‘z taklif va murojaatlarini yo‘llagan yoshlarning masalalari ijobiy yechim topayotgani natijasida ularga tegishli tartibda rasmiylashtirilgan ma’lum miqdordagi vaucherlar ham topshirildi.









