Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan Eron xalqiga insonparvarlik yordami yuborildi
2026-03-17 17:45:00 / Yangiliklar

Oziq-ovqat mahsulotlari, jumladan un, guruch, shakar, makaron mahsulotlari, kungaboqar yogʻi, konservalar, shuningdek, dori vositalari va tibbiy buyumlardan iborat insonparvarlik yuki Eron tomoniga yetkazildi.
Insonparvarlik yuklarini qabul qilib olishda Eronning Daregaz shahri hokimi Mujtabo Bazmara, Eron Tashqi ishlar vazirligining Xuroson Razaviy viloyatidagi idorasi rahbari, vazir maslahatchisi Ali Masumifar hamda Eronning Turkmanistondagi elchisi Ali Mujtaba Ruzbexani ishtirok etdi.
Tadbir davomida rasmiylar Eron xalqiga koʻrsatilgan insonparvarlik yordami va yuksak eʼtibor uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga samimiy minnatdorlik bildirdilar. Ular mazkur tashabbusni ikki mamlakat oʻrtasidagi doʻstlik, hamjihatlik va oʻzaro qoʻllab-quvvatlash anʼanalarining yorqin ifodasi ekanini taʼkidladilar.
Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati axboroti.






