Viloyat hokimi boshchiligidagi rahbarlar yoshlar bilan muloqot qildi
2026-03-12 16:55:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 24-fevral kuni Prezidentimiz yoshlar bilan uchrashgan holda ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlarga bag‘ishlangan muloqot o‘tkazib, mamlakatimizda har haftaning payshanba kuni vazirlik, idora va hokimliklarda “Yoshlar kuni” bo‘lishini belgilab bergan edi.
Shu boisdan, bugun viloyat hokimi Murotjon Azimov boshchiligidagi mas’ul rahbarlar Prezidentimizning yoshlar bilan o‘tkazgan muloqotida berilgan topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida "Rahbar va yoshlar" uchrashuvida ishtirok etib, vohamizning tadbirkor yoshlari bilan muloqot qildi.
Uchrashuvda yoshlar tomonidan ilgari surilayotgan taklif va tashabbuslar tinglanib, ularni qiynayotgan muammolar atroflicha muhokama qilindi va har bir murojaat yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi. Ijrosi alohida nazoratga olindi.
Shuningdek, muloqot so‘ngida tadbirkorlik faoliyatini boshlash va mavjud biznesini kengaytirishni maqsad qilgan yoshlarga Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi tavsiyasiga asosan, Aloqa bank va Milliy bank orqali imtiyozli kreditlar hamda ssuda vaucherlari topshirildi.









