Viloyat hokimi xitoylik tadbirkorlar bilan uchrashdi
2026-03-11 21:45:00 / Yangiliklar

Xabar berganimizdek, viloyat hokimi Murotjon Azimov xitoylik tadbirkorlarni qabul qilib, ularning takliflari bilan tanishdi.
Uchrashuv davomida xorijlik tadbirkorlar viloyat iqlimi qishloq xo‘jaligi uchun qulay ekanini ta’kidlab, hududda kungaboqar yetishtirish va uni qayta ishlash loyihasini amalga oshirish niyatida ekanliklarini bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, yetishtiriladigan mahsulotlarni qayta ishlab, ularni mahalliy bozorga chiqarish hamda eksportga yo‘naltirish rejalashtirilgan.
Viloyat hokimi Murotjon Azimov takliflarni tinglab, bunday loyihalar hududda qishloq xo‘jaligi va sanoatni rivojlantirish, xususan, yangi ish o‘rinlarini yaratishda muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlab, viloyat rivoji uchun berilgan takliflar qo‘llab-quvvatlanishini ma’lum qildi.



