Viloyatimiz markazida Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram dasturi tashkil etildi
2026-03-08 09:30:00 / Yangiliklar

Bayram dasturida bir qator turli sohalarda faoliyat yurituvchi faol va fidoyi xotin-qizlarga Prezidentimiz farmonlari bilan davlat mukofotlari, "Mo‘tabar ayol" ko‘krak nishoni va Qashqadaryo viloyati hokimining faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
San’atkorlar tomonidan kuylangan dil tortar va sho‘x navolar davraga yanada fayz bag‘ishladi.
Viloyat hokimi Murotjon Azimov o‘z tabrigida ayollarni e’zozlash azaldan xalqimizning eng ezgu qadriyatlaridan biri ekanini ta’kidlab, Muhtaram Prezidentimizning “Biz sizlarning timsolingizda Uchinchi Renessans bunyodkori bo‘lib, maydonga chiqayotgan 22 million yosh avlodni onalik mehri bilan tarbiyalab, voyaga yetkazgan buyuk bir kuchni ko‘ramiz. Sizlar tadbirkor, olim, muallim, shifokor, muhandis, davlat va jamoat arbobi, bir so‘z bilan aytganda, xonadonlarimiz farishtasi, oila va jamiyat tayanchi, desak, ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz”, degan so‘zlarida qanchalik ishonch, baxt va go‘zallik yashiringanini qayd etdi.









