Qarshida “Bunyodkor House” zamonaviy turar-joy loyihasi qurilishiga start berildi
2026-02-18 17:50:00 / Yangiliklar

Viloyat markazining “Gungon” mahallasi hududida “Bunyodkor House” zamonaviy turar-joy majmuasi qurilishiga rasmiy start berildi.
Mazkur loyiha munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda viloyat hokimi Murotjon Azimov, Qarshi shahar mas'ullari, keng jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Zamonaviy arxitektura va qulay hayot tarzini o‘zida mujassam etgan loyihaning umumiy qiymati 300 milliard so‘mni tashkil etadi. Turar-joy majmuasi 10 ta blokdan iborat bo‘lib, ular 9 va 10 qavatli ko‘p qavatli uylarni o‘z ichiga oladi. Loyiha doirasida jami 450 ta zamonaviy xonadon barpo etilishi rejalashtirilgan.








