Yangi yil bayrami arafasida Nishonda bolajonlarga bog‘cha, ehtiyojmand insonlarga esa uy kalitlari topshirildi
2025-12-29 14:05:00 / Yangiliklar

Bugun viloyat hokimi Murotjon Azimov Nishon tumani, “Navbahor” mahallasidagi 4-DMTTning foydalanishga topshirish tadbirida ishtirok etdi. Keng jamoatchilik ishtirokida bog‘chada yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi, qorbobo hamrohligida bolajonlarga yangi yil sovg‘alarini ulashdi.
Bog‘cha juda ta’mirtalab va sharoitlari og‘ir ahvolga kelib qolganligi bois 2025-yil investitsiya dasturi asosida to‘liq rekonstruksiya qilinib, yangicha qiyofa aks etdi. Zamonaviy va barcha sharoitlarga ega bo‘ldi. 180 o‘rinli bu DMTT hovlisiga 60 kVT quyosh paneli va tom qismiga suv isitish kollektorlari, xonalariga esa zamonaviy isitish tizimlari o‘rnatildi.
Shuningdek, tadbir davomida tumandagi ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan 8 nafar fuqarolarga Prezidentimiz tashabbusi bilan qurib berilgan uylar kalitlarini ham viloyat hokimi tantanali ravishda o'z egalariga topshirdi.









