“Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!”
2025-08-31 14:00:00 / Yangiliklar

🔰 Migratsiya agentligi va O‘zbekiston Respublikasining xorij davlatlaridagi Bosh konsulxonasi hamkorligida yurtdoshlarimiz uchun mustaqillik bayrami tadbirlarini katta shodiyona bilan o‘tkazmoqda.
💢 Kuni kecha Rossiya federatsiyasining Leningrad viloyati, Kingisepp tumanida “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida "Rencons Heavy Industries" korxonasida mehnat faoliyatini olib borayotgan hamyurtlarimiz uchun bayram tadbiri tashkil qilindi. Unda 600 dan ortiq qurilish kompaniyasida faoliyat ko‘rsatayotgan yurtdoshlarimiz ishtirok etdi.
💢Tadbir dasturidan oldin futbol va stol tennisi, arqon tortish bo‘yicha sport musobaqalari tashkil etildi.
✅ Mazkur video lavhada bayram tadbirida ishtirok etgan yurtdoshlarimizning xursandchiligiga guvoh bo‘lasiz.

