Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini olib borayotgan hamyurtlarimiz diqqatiga
2025-12-24 17:45:00 / Yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlarda xorijda mehnat qilayotgan ayrim vatandoshlarimiz, ayniqsa xotin-qizlar zo‘ravonlik, majburiy mehnat va tahqirlanish holatlariga duch kelayotgani haqida videolar uchramoqda.
Migratsiya agentligi bunday holatlarga befarq emas.
Agar siz xorijda ishlash davrida murakkab moliyaviy ahvolga tushib qolgan bo‘lsangiz, zo‘ravonlik yoki huquqbuzarlikka duch kelsangiz va yordamga muhtoj bo‘lsangiz, Migratsiya agentligi hamda Agentlikning 1282 qisqa raqami, shuningdek, 24/7 rejimda ishlovchi @huquqiy_yordam_uzbot Telegram-boti yoki siz bo‘lib turgan davlatdagi vakolatxona bilan DARHOL bog‘laning.
Yodingizda tuting:
Sizning hayotingiz, sha’ningiz va huquqlaringiz Davlat himoyasida.
Bugungi kunda Migratsiya agentligining Rossiya Federatsiyasi, Koreya, Qozog‘iston va Turkiya Respublikalarida vakolatxonalari va vakilliklari faoliyat yuritmoqda.
Agentlik vakolatxonalari mavjud bo‘lmagan xorijiy davlatlarda esa O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari orqali yordam ko‘rsatiladi.
Fuqarolarimizga ko‘rsatilgan yordam bilan bog‘liq amalga oshirilgan xarajatlar Migratsiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.
Agar fuqarolarimizning huquqlarini himoya qilish uchun advokatlik yoki yuridik xizmatga ehtiyoj tug‘ilsa, shartnomaga muvofiq 3000 AQSh dollarigacha bo‘lgan to‘lovlar qoplab beriladi.
Migratsiya agentligi va vakolatxonalar bilan bog‘laning, huquqiy maslahat oling, yordam so‘rashdan tortinmang.
Murojaat uchun aloqa vositalari:
O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari
Migratsiya agentligining xorijiy vakolatxonalari
Xorijda ishlayotganlar uchun yordam paketlari
Befarq bo‘lmang — ushbu xabarni xorijda ishlayotgan yaqinlaringizga yuboring.
