🆘 XAYOTINGIZ XAVF OSTIDA 🆘
2025-12-22 13:05:00 / E’lonlar

📌 Qozog‘istonda bo‘lib turgan va tranzit yo‘nalishida harakatlanayotgan O‘zbekiston fuqarolarini ogohlantiramiz.
❄️🚓 Ob-havoning keskin sovushi sabab yo‘llarda qor bo‘ronlari va muzlama holatlari kuchaygan. Natijada yo‘l-transport hodisalari soni oshgan.
🚨 Ayniqsa, litsenziyasiz va nosoz transport vositalari ishtirokidagi avariyalar og‘ir oqibatlarga olib kelmoqda.
⚠️ DIQQAT:
❌ Noqonuniy taksi va avtobuslardan foydalanmang
⛔️ Texnik holati nosoz transportga chiqmang
✅ Imkon bo‘lsa, poyezd yoki samolyotni tanlang
⭕️ Faqat rasmiy, litsenziyaga ega tashuvchilar xizmatidan foydalaning
🚧 Yo‘lga chiqishdan oldin ob-havo va yo‘l holatini tekshiring
📌 Ko’ngilsiz holatlar yuz berganda – O’zbekiston Respublikasining Qozog’istondagi elchixonasi👇
☎️ +7 172 95-42-52
Migratsiya agentligining vakolatxonasi👇
☎️ +7 771 730-44-00
