O‘zbekiston milliy mahsulotlarini Afg‘onistonda targ‘ib qilish imkoniyati!
2026-02-27 16:05:00 / Yangiliklar

Afg‘onistonning Qobul va Mozori-Sharif shaharlarida doimiy faoliyat yuritayotgan “Made in Uzbekistan” milliy mahsulotlar ko‘rgazmalari (showroom) ga mahsulot namunalarini joylashtirish uchun meva-sabzavot mahsulotlari eksportchilari taklif etiladi.
Shuningdek, mazkur shourumlar orqali yangi savdo hamkorlarini jalb qilish imkoniyati mavjud.
Agar siz mahsulotingizni Afg‘onistondagi milliy shourumlarda targ’ibot qilishni istasangiz Markaziy eksport shtabi yordamga tayyor
Murojaat, savol va takliflar uchun:
+998 71 202 77 76 (1507)
Mas’ul xodim : Muxammadali Baxtiyorov
