Videoreportaj: Jizzax viloyatida xotin-qizlar bandligini ta’minlash bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda
2025-10-30 09:25:00 / Yangiliklar
Jizzax viloyatida xotin-qizlarning mehnat bozoridagi faolligini oshirish, ularning ijtimoiy-iqtisodiy hayotdagi o‘rnini mustahkamlash hamda barqaror daromad manbaiga ega bo‘lishlari uchun keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

Viloyat hokimligi, Bandlik bosh boshqarmasi va Xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida ayollarni tadbirkorlikka jalb etish, kasb-hunar o‘rganishiga ko‘maklashish hamda o‘zini o‘zi band qilish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida bir qator loyihalar amalga oshirilmoqda.
Mazkur tashabbuslar natijasida Jizzax viloyatida xotin-qizlarning iqtisodiy faolligi yildan-yilga ortib bormoqda. Bu esa nafaqat oilalar farovonligini oshirish, balki hudud ijtimoiy barqarorligini ta’minlashda ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.
📹 Batafsil videolavhada tomosha qiling.
