Jizzax viloyati hokimligi xodimlari dolzarb siyosiy va maʼrifiy mavzular bo‘yicha bilimlarini oshirmoqda
2025-08-01 09:00:00 / Yangiliklar

Unda Jizzax viloyati hokimligi xodimlari ham faol ishtirok etishdi.
Mazkur maʼrifiy tadbirda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan siyosiy islohotlar, ijtimoiy-maʼnaviy muhitni mustahkamlash, davlat xizmatchilarining kasbiy madaniyati va masʼuliyatini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
“Siyosiy-maʼrifat soati” onlayn shaklda, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining ilm.argos.uz platformasi hamda YouTubedagi rasmiy sahifasi orqali keng jamoatchilikka namoyish etildi. Bu esa ishtirokchilarga istalgan joydan, qulay va ochiq formatda bilim olish imkonini berdi.
Tadbir doirasida xodimlar bugungi kunning dolzarb ijtimoiy-siyosiy masalalari yuzasidan keng qamrovli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Shuningdek, davlat xizmatida halollik, vatanparvarlik va fuqarolarga sadoqat bilan xizmat qilish g‘oyalari targ‘ib qilindi.
Ushbu maʼrifiy tashabbus xodimlarning siyosiy savodxonligini oshirish, ularning kasbiy faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatish bilan bir qatorda, jamiyatda sog‘lom maʼnaviy muhitni shakllantirishga xizmat qiladi.


