Jizzax viloyatida suv ta’minotini yaxshilash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda
2025-04-02 09:00:00 / Yangiliklar

Ushbu sa’y-harakatlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-330 sonli qaroriga muvofiq amalga oshirilmoqda.
Mazkur qaror doirasida hududda zamonaviy ichimlik suvi tarmoqlarini yaratish, mavjud quvurlarni yangilash hamda aholini uzluksiz va sifatli suv bilan ta’minlash bo‘yicha qator chora-tadbirlar belgilangan. Ishlar doirasida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha harakat olib borilmoqda:
✅ Yangi suv tarmoqlari qurilishi – aholiga toza ichimlik suvi yetkazib berish uchun quvurlar tortilmoqda;
✅ Mavjud infratuzilmani modernizatsiya qilish – eskirgan quvurlar almashtirilmoqda;
✅ Suv sifatini yaxshilash – filtratsiya tizimlari o‘rnatilib, suv yetkazib berish barqarorligi ta’minlanmoqda.
Ushbu loyihalar natijasida mahalla aholisi toza va sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlanib, ularning turmush sharoiti yanada yaxshilanadi. Ishlarning amalga oshirilishi joyida mutasaddi tashkilotlar tomonidan nazorat qilinmoqda.
Suv ta’minoti tizimini rivojlantirishga qaratilgan bu tashabbus Jizzax viloyatining infratuzilmasini yanada mustahkamlashga va aholining farovonligini oshirishga xizmat qiladi.




