Jizzaxda “Yashil makon” loyihasi doirasida seminar tashkil etildi
2025-03-14 09:35:00 / Yangiliklar

Seminar doirasida Jizzax shahar hokimi K. Xolmurodov so‘zga chiqib, “Yashil makon” loyihasining ahamiyati hamda atrof-muhitni muhofaza qilishning dolzarb masalalari haqida fikr bildirdi. U har bir inson o‘z hovlisi, xonadoni va ish joyidan boshlab tabiatga mehr bilan yondashishi kerakligini ta’kidladi.
Seminarda nimalar muhokama qilindi?
Ekologik barqarorlikni ta’minlash va yashil hududlarni kengaytirish;
Atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha zamonaviy yondashuvlar;
Yashillikni asrash va daraxt ekishning ahamiyati;
Kelajak avlodga toza va sog‘lom muhit qoldirish.
"Yashil makon" – bu kelajak uchun sarmoya! Har birimiz tabiatga mehr berib, uni asrashni o‘zimizdan boshlaylik. Bir tup daraxt ekish – kelajakka qo‘yilgan mustahkam poydevor!






