O'z tadbirkorligini boshlamoqchi bo'lgan xotin-qizlar uchun motivatsion seminar-trening tashkil etildi
2025-01-29 08:00:00 / Yangiliklar
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Xotin-qizlarning tadbirkorligini yoʻlga qoʻyish va rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi PQ-122 sonli qaroriga (https://lex.uz/docs/6831827) ko'ra, Mamlakat iqtisodiy hayotida xotin-qizlarning faolligini oshirish, ayollar tadbirkorligini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularga tadbirkorlik koʻnikmalarini oʻrgatish maqsadida hududlarda xotin-qizlar bilan seminar-treninglar o'tkazish vazifasi belgilangan.

Ushbu vazifani amalga oshirish uchun joriy yilning 27 yanvar kuni Arnasoy tumani Oltinvodiy MFYdagi o'z tadbirkorligini boshlamoqchi bo'lgan xotin-qizlar uchun motivatsion seminar-trening tashkil etildi.
Mazkur seminarda viloyat xalk banki, Savdo-sanoat palatasi Jizzax viloyat boshqarmasi, mahalla raisi, tuman xalk banki vakili va tumanning Oltinvodiy MFYda yashovchi xotin-qizlar ishtirok etdi.
Seminar davomida masʼullar tomonidan tadbirkorlikni boshlash uchun talab etiladigan qonun-qoidalar, banklardan kredit va subsidiya olish tartiblari toʻgʻrisida batafsil tushunchalar berildi.


