Jizzaxda soliq qonunchiligidagi o‘zgarishlar bo‘yicha ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tdi
2025-01-16 09:00:00 / Yangiliklar

Tadbirda viloyatda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar hisobchilari, ommaviy axborot vositalari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Seminarda Jizzax viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i B.Tashpo‘latov va Jizzax viloyat hokimining moliya, iqtisodiy rivojlanish va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Z. Azimov mamlakatimizda keyingi yillarda soliq qonunchiligiga kiritilayotgan o‘zgartishlar va qo‘shimchalar mamlakat taraqqiyoti va aholi farovonligi uchun muhim ahamiyat kasb etganini ta’kidladilar.
Seminarda, Soliq qo‘mitasidan kelgan mutaxassislar tomonidan 2025 yilning 1 yanvaridan amalga oshirilgan soliq kodeksining 30 dan ortiq moddasiga kiritilgan o‘zgartishlar haqida atroflicha ma’lumot berildi.
Jumladan, soliq stavkalari, aksiz solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, aylanmadan olinadigan soliq, yerdan foydalanganlik uchun soliq, yer va mol-mulk soliqlari, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlarni soliqqa tortishdagi o‘zgarishlar hamda bu o‘zgarishlarni amalga oshirish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.
Tadbirda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldi va seminarning ikkinchi yarmida ham atroflicha fikrlar almashildi.




