Qonun talablari ijrosi o‘rganilmoqda
2025-01-15 08:00:00 / Yangiliklar

Ishchi guruh tomonidan mahalla hududidagi barcha reklamalar xatlovdan o'tkazilib, aniqlangan xato va qonunbuzilish holatlari yuzasidan tadbirkorlarga tushintirish va targ'ibot ishlari amalga oshirildi. Bundan tashqari tadbirkorlarga muddatli ogohlantirish xatlari berildi. Reklamalarda aniqlangan xato va qonunbuzilish holatlari-birinchi navbatda davlat tilida emasligi, imloviy xatolarda va ma'naviyatimizga zid bo'lgan reklamalar hamda 1 kvadratdan oshgan reklamalar uchun tegishli pasportlar olinmaganlik holatlaridan iborat.
O'zbekiston Respublikasining "Davlat tili haqida"gi, "Reklama to'g'risida"gi Qonunlari hamda
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 30-avgustdagi 428-sonli qaroriga asosan reklamalar quyidagi talablarga javob berishi kerak:
-1kvadratdan oshgan reklamalar uchun reklama joyining pasporti rasmiylashtirilishi hamda tegishli yig'imlar undirilishi,
- o'rnatilgan reklamalar shaharsozlik normalariga mos bo'ishi,
- davlat tilida va imloviy xatolarsiz tarqatilishi, uning muqobil variant yoki tarjimasi gorizontal holatda va umumiy reklama maydonining 40 foizidan oshmasligi,
- yo'l bo'yiga va ko'p qavatli binolarga reklamalar joylashtirilmasligi kerak.
Yuqoridagi talablarga javob bermaydigan reklamalar uchun
Reklama to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz baravaridan yuz baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
‼️Hurmatli tadbirkorlar!
Moliyaviy sanksiyalarni qo‘llash reklamaga oid faoliyat subyektlari bo‘lgan yuridik shaxslarni vakolatli davlat organining qarorini yoki ko‘rsatmasini bajarish yohud reklama to‘g‘risidagi qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa harakatlarni bajarish majburiyatidan ozod etmaydi. Bundan tashqari, yuqorida keltirib o‘tilgan qonun talablariga rioya etilmasa MJTK ning 178¹-moddasi bo‘yicha ma’muriy javobgarlikka tortilishiga sabab bo‘lishi mumkin.


