SAʼD IBN ABU VAQQOS ZIYORATGOHI
2024-09-30 08:10:00 / Yangiliklar
Jizzax vohasidagi mazkur ziyoratgoh Gʻallaorol tumanining Avliyo qishlogʻida joylashgan boʻlib, ikki qismga ajratilgan.

Ziyoratgohning yuqori qismi – koʻlboʻyi hududi shifobaxsh va muqaddas buloqlari, oʻzining goʻzal va maftunkor oʻziga xos goʻzal tabiati hamda betakror manzarasi bilan har qanday kishini oʻziga jalb etadi. Qadamjoning pastki qismidagi koʻhna masjid va xilxona ham eʼtiborga molik.
Masjid binosi XIX asrda jizzaxlik oʻz davrining mohir binokorlari – usta Komil, usta Qobil, usta Zuhur va usta Mirziyolar tomonidan bunyod etilgan. U sharqona uslubda qad rostlaganligi bilan har qanday ziyoratchining eʼtiborini tortadi. Binodagi ganchkorlik ishlari ham oʻta mahorat bilan bajarilgan.
