Videoreportaj: Jizzaxda Prezidentimizning Murojaatnomasiga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2026-01-21 10:20:00 / Yangiliklar
Jizzax davlat pedagogika universitetida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tashabbusi bilan Prezidentimizning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasiga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda ma’rifat targ‘ibotchilari jamiyati a’zolari, taniqli ziyolilar, harbiy soha vakillari, universitetning professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida Murojaatnomaning mazmun-mohiyati, unda belgilangan ustuvor vazifalar, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, ta’lim, ma’naviyat va yoshlar masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Fikr almashuvlar jarayonida ishtirokchilar Murojaatnomada ilgari surilgan g‘oyalar Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti yo‘lida muhim dasturulamal bo‘lib xizmat qilishini ta’kidladilar.
📹 Batafsil videolavhada.
