Videoreportaj: Arnasoy tumanida 2026-yil paxta hosili uchun tomchilatib sug‘orish texnologiyasini keng joriy etish rejalashtirilmoqda
2026-01-20 08:50:00 / Yangiliklar
Arnasoy tumanida 2026-yil paxta hosilini yetishtirishga tayyorgarlik ishlari bosqichma-bosqich va izchil tarzda amalga oshirilmoqda. Qishloq xo‘jaligida zamonaviy yondashuvlarni joriy etish, suv resurslaridan samarali foydalanish hamda hosildorlikni oshirishga qaratilgan ishlar bugungi kunda amalda o‘z ifodasini topmoqda.

Jumladan, 2026-yil paxta hosili uchun tumanda tomchilatib sug‘orish texnologiyasini keng joriy etish rejalashtirilgan. Ayni paytda mazkur yo‘nalishda amaliy ishlar jadal sur’atlarda olib borilmoqda.
Bugungi kunga qadar tuman hududidagi Xorazm va Buxoro xo‘jaliklarida tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy etish ko‘zda tutilgan 2000 gektardan oshiq maydonda montaj ishlari to‘liq yakunlandi. Ushbu maydonlarda zarur infratuzilma yaratilib, sug‘orish tarmoqlari belgilangan talablar asosida o‘rnatildi.
📹 Batafsil videolavhada.
