Videoreportaj:Mirzacho‘l tumanida qishloq xo‘jaligi bo‘yicha kengaytirilgan seminar bo‘lib o‘tdi
2026-01-20 08:25:00 / Yangiliklar

Mazkur seminar davomida tuman hokimi Botirjon Mirzakulov Mirzacho‘l tumanida 2026-yil hosili uchun paxta yetishtirishga tayyorgarlik ko‘rish, ekinlarni joylashtirish, chigit ekish sxemalarini to‘g‘ri rejalashtirish, shuningdek, texnika va resurslardan samarali foydalanish yuzasidan o‘z tajribalari va amaliy tavsiyalari bilan o‘rtoqlashdi. Seminarda mahalliy va viloyat mutasaddilaridan tashqari, Xitoy Xalq Respublikasidan kelgan mutaxassislar ham ishtirok etdi.
Ta’kidlanganidek, 2026-yil hosili uchun tumanda jami 12 500 gektar maydonga chigit ekish rejalashtirilgan. Shundan 76 sm sxemada yakka qator usulida 3 768 gektar, 76/10 sm sxemada 7 232 gektar maydonga chigit ekilishi belgilangan.
📹 Batafsil videolavhada.
