Jizzaxda jazoni ijro etish muassasasida yoshlar bilan uchrashishdan ko‘zlangan maqsad nima edi
2026-01-19 11:00:00 / Yangiliklar

Ana shunday muhim tashabbuslar doirasida O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Jizzax viloyati Kengashi hamda viloyat Yoshlar ishlari boshqarmasi hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamentining 3-mintaqaviy muvofiqlashtirish markaziga qarashli 29-sonli manzilli koloniyada uchrashuv tashkil etildi.
Tadbirda mutasaddi tashkilotlar vakillari, soha mas’ullari hamda muassasada saqlanayotgan yoshlar ishtirok etdi. Uchrashuv davomida yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqot o‘tkazilib, ularning hayotga bo‘lgan qarashlarini ijobiy tomonga yo‘naltirish, sog‘lom turmush tarziga qaytish, zararli odatlardan voz kechish, kasb-hunar egallash hamda kelgusida munosib hayot kechirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, tadbirda yoshlarning huquq va majburiyatlari, mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblar, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari hamda davlat tomonidan yaratilayotgan imtiyoz va qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Mutasaddilar tomonidan yoshlarga aniq hayotiy maqsadlarni belgilash, bilim va ko‘nikmalarni oshirish orqali jamiyatda o‘z o‘rnini topishga doir tavsiyalar bildirildi.
Uchrashuv yakunida ishtirokchilar bunday muloqotlar yoshlarning ijtimoiy moslashuvini tezlashtirish, ularni to‘g‘ri yo‘lga yo‘naltirish, hayotga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash hamda jamiyatda faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladilar.
Mazkur yo‘nalishdagi tadbirlar viloyatda muntazam ravishda o‘tkazilib, yoshlar bilan manzilli ishlash tizimini yanada kuchaytirishga xizmat qilmoqda.
