Videoreportaj:Do‘stlik tumani qishloq xo‘jaligidan sanoat sari
2026-01-17 18:00:00 / Yangiliklar
Jizzax viloyatida yaqingacha qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish asosiy drayver soha sifatida qaralgan Do‘stlik tumani bugun jadal sanoatlashuv bosqichiga kirib bormoqda.

Xususan, Turkiyalik ishbilarmonlar sarmoyasi hisobiga tashkil etilgan zamonaviy sanoat korxonasida trikotaj mahsulotlari uchun tugma va turli aksessuarlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Mazkur zavodning yillik ishlab chiqarish quvvati o‘rtacha 1,5 milliard dona mahsulotni tashkil etadi.
Yangi loyiha hududda, sanoat salohiyatini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ulushini kengaytirish va eksport imkoniyatlarini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
Sanoatlashtirish — hudud iqtisodiy barqarorligi va aholining farovon turmushini ta’minlash yo‘lidagi muhim qadamdir.
📹 Batafsil videolavhada.
