Videoreportaj: Arnasoy tumanida yoshlarga 6 gektar yer maydoni ajratilib, brokkoli karamini yetishtirish loyihasi yo‘lga qo‘yildi
2026-01-15 14:00:00 / Yangiliklar

Jumladan, Arnasoy tumani hokimligi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi hamkorligida tumandagi “Sherzod ilg‘or agro” fermer xo‘jaligi hududidan yoshlar uchun 6 gektar yer maydoni ajratilib, brokkoli karamini yetishtirish loyihasi yo‘lga qo‘yildi.
Ushbu tashabbus doirasida fermer xo‘jaligi rahbari Shukurboy Shomurodov tomonidan yoshlarga ekin ekish, parvarishlash va hosilni yig‘ish jarayonlari bo‘yicha amaliy ustozlik qilib kelinmoqda. Bu esa yoshlarning qishloq xo‘jaligida zamonaviy usullarni o‘zlashtirishiga xizmat qilmoqda.
G‘alla o‘rimidan so‘ng bo‘shagan maydonga joriy yil avgust oyida 6 gektar yerga jami 450 ming dona brokkoli karami ko‘chatlari ekilgan. Qisqa muddat ichida o‘sib chiqqan ekin hozirda to‘liq hosilga kirib, ayni paytda yig‘im-terim ishlari jadal davom etmoqda.
📹 Batafsil videolavhada.
