Jizzax viloyati hokimligida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining faoliyat ko‘rsatishi to‘g‘risida 2025-yil 12 oylik UMUMIY HISOBOT
2026-01-07 08:05:00 / Yangiliklar

Viloyat hokimligi korrupsiyaga qarshi ichki nazorat sho’basi tomonidan 2025-yil 12 oyi davomida joriy yilga mo‘ljallangan yo‘l xaritasida rejalashtirilgan hokimiyat tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatini takomillashtirish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni profilaktika qilish va ularga qarshi kurashish, korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini samarali ishlashini ta’minlash, nazorat qilish va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi hamda unda ishtirok etuvchi boshqa davlat organlari va tashkilotlari bilan hamkorlikni olib borish sohalarida o‘ziga yuklatilgan vazifa va funksiyalari doirasida chora-tadbirlar amalga oshirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-iyuldagi PF-6257-son Farmoniga 1-ilovaga muvofiq tasdiqlangan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2021-2022-yillarga mo‘ljallangan davlat dasturining 26-bandi bilan viloyat hokimligiga yuklatilgan davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari samarali faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi chora-tadbiri ijrosi viloyat hokimining 2021-yil 27-sentabr kungi 152-3-0-Q/21-son qarori bilan viloyat hokimligi Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat sho’basi tashkil etilgan.
II. Siyosat va tartib-taomillar
Viloyat, shahar va tumanlar hokimliklari hamda viloyat hokimligiga bo‘ysunuvchi muassasalarning korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi samaradorligini yanada takomillashtirish maqsadida,O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022- yil 12-yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-81-sonli qarori talablari ijrosini ta’minlash maqsadida, hamda O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining 2021-yil 10-sentabrdagi 03-07/6280-sonli xatiga va 18-oktabrdagi 01-07/6859-sonli tavsiyalariga muvofiq viloyat hokimligida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha asosiy ichki idoraviy hujjat namunalari:
- viloyat hokimligi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha siyosati;
- viloyat hokimligi tizimida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash uslubiyoti;
- viloyat hokimligi tizimida manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish bo‘yicha nizom;
- viloyat, shahar va tumanlar hokimliklariga aloqa kanallari orqali korrupsiyaviy xatti-harakatlar to‘g‘risida kelib tushgan xabarlarni qabul qilish va ko‘rib chiqish reglamenti;
- viloyat hokimligi tizimida xodimlarni korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida o‘qitilishini tashkil qilish bo‘yicha yo‘riqnoma;
- viloyat hokimligi tizimida kontragentlarni tekshirishga oid yo‘riqnoma;
- viloyat hokimligi tizimida ishga qabul qilinayotgan nomzodlarni tekshirish bo‘yicha yo‘riqnoma;
- viloyat hokimligi tizimida Korrupsiyaga qarshi tartib-taomillarning samaradorligini monitoring va nazorat qilish Uslubiyoti;
- viloyat hokimligida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi holati to‘g‘risidagi hisobotni shakllantirish va taqdim etish bo‘yicha nizom;
- viloyat hokimligi tizimida xodimlarning korrupsiyaviy xatti-harakatlari va odob-ahloq qoidalarini buzish holatlari ustidan xizmat tekshiruvlari o‘tkazish reglamenti;
- viloyat hokimligi odob-ahloq namunaviy qoidalari;
- viloyat hokimligi korrupsiyaga qarshi ichki nazorat shu’basining faoliyati to‘g‘risidagi namunaviy nizom;
- davlat xaridlarini o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomlari ishlab chiqilib viloyat hokimining 2022-yil 16-iyundagi “Viloyatda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi samaradorligini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 306-3-0-Q/22-sonli qarori bilan tasdiqlanib, viloyat, shahar va tumanlar hokimliklari tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mexanizm va huquqiy asoslar yaratilib amaliyotga tatbiq etilishi ta’minlanib, viloyat hokimligi rasmiy veb-saytda joylashtirilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat hokimining 2024-yil 14-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-iyundagi PQ-210-sonli qarori ijrosi haqida”gi 379-3-0-Q/24-sonli qarori tasdiqlangan.
2025-yilning 12-oyi davomida viloyat, shahar-tuman hokimliklari faoliyatiga oid qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar va ichki idoraviy hujjatlar korrupsiyaviy normalarni aniqlash va bartaraf qilish maqsadida o‘rganib chiqildi.
O‘rganish davomida viloyat, shahar-tumanlar hokimliklarida qabul qilingan faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlar va ichki idoraviy xujjatlarda korrupsiyaviy normalar aniqlanmadi.
III. Xavf-xatarlarni baholash
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi “Davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish mexanizmlarini takomillashtirish va ushbu sohada jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-240-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, viloyat hokimining 2022-yil 30-noyabrdagi “Viloyatda Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi samaradorligini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 611-3-Q/22-sonli qarori tasdiqlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi PQ-240-son qaroriga muvofiq, viloyat hokimligi Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat sho’basi tomonidan 2025- yil yanvar oyida viloyat, shahar va tumanlar hokimliklarini barcha funksiya va vazifalarida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash bo‘yicha baholash o‘tkazilib, hokimlikning birlashgan korrupsiyaviy xavf-xatarlar xaritasi, korrupsiya xavfiga eng ko‘p moyil bo‘lgan funksiya va lavozimlar ro‘yhati tuzilib, aniqlangan korrupsiyaviy xavf-xatarlarni kamaytirish bo‘yicha korrupsiyaga qarshi kurashish dasturi ishlab chiqildi va “E-antikor.uz” elektron platformasida joylashtirilishi ta’minlandi.
Aniqlangan korrupsiyaviy xavf-xatarlarni minimallashtirish maqsadida viloyat, shahar va tumanlar hokimliklarini barcha xodimlari mahalliy hokimlik organlarining ayrim mansabdor shaxslari tomonidan sodir etilgan jinoiy xatti-xarakatlar, mansab vakolatini suyiste’mol qilish bilan bog‘liq yo‘l qo‘yilayotgan salbiy holatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan tanishtirilib ogoxlantirildi xamda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha siyosati, manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish bo‘yicha nizom, xodimlarning odob-axloq namunaviy qoidalari, korrupsiya holatlari haqida xabar berish mexanizmi, xabar bergan xodimlarni rag‘batlantirish, ularning ta’qibga olinmasligi kafolatlari mavjudligi to‘g‘risidagi ichki idoraviy hujatlar bilan tanishtirib tilxatlar olindi.
IV. Amalga oshiriladigan korrupsiyaga qarshi kurashish
tartib taomillar
Viloyat hokimligi Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat sho’basining 2025-yilga mo‘ljallab tuzilgan korrupsiyaga qarshi talablar va tartib-taomillariga rioya etilishi ustidan nazorat rejasiga muvofiq, viloyat hokimligi, shahar-tumanlar hokimliklarida korrupsiyaga qarshi tartib-taomillarining samaradorligini monitoring va nazorat qilish tekshiruv shaklida o‘tkazilib, xodimlarning korrupsiyaga qarshi siyosati bilan tanishtirilganligi, korrupsiyaviy xatti-harakatlar to‘g‘risida kelib tushgan xabarlarni qabul qilish bo‘yicha aloqa kanallarining mavjudligi, ishga qabul qilishda nomzodlar tekshiruvini o‘tkazishning tamoyillari, talablari va tartibi, xarid qilish tartib-taomillari, shu jumladan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzishda ishtirokchilarning majburiy tekshirilishining o‘tkazilish ahvoli, manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish masalalarida olib borilayotgan ishlar ahvoli o‘rganib chiqilib kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tushintirishlar berilib ijrosi nazoratga olindi.
2025-yil 12 oyi davomida korrupsiya va boshqa suyiste’molchiliklarga oid qonunbuzilishi holatlarini oldini olish bo‘yicha 45 ta ommaviy axborot vositalari orqali huquqiy targ‘ibot ishlari o‘tkazildi, shundan 2 marotaba televidenieda (2024- yilda 1 ta), 1 marotaba viloyat gazetasida, 41 marotaba viloyat hokimligi veb-sayt va boshqa elektron vositalarida ( 2024-yilda 7 ta), 20 marotaba og‘zaki huquqiy targ‘ibot ishlari ( 2024-yilda 20 ta) olib borildi, shundan 16 ta seminarlar o‘tkazilib, ijtimoiy tarmoqlarda 15 marotaba yozma huquqiy targ‘ibot chiqishlar orqali profilaktik chora-tadbirlar o‘tkazildi.
Jizzax viloyati teleradiokompaniyasinung dasturiga binoan 2025-yil 13-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rayisligida 5-mart kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengashining korrupsiyani oldini olish bo‘yicha ishlar natijadorligi va kelgusidagi ustivor vazifalarga bag‘ishlangan tanqidiy ruhdagi kengaytirilgan yig‘ilishida belgilab berilgan muhim vazifalar yuzasidan, 2025-yil 9-iyul kuni viloyatda korrupsiyani oldini olish,unga qarshi kurashish, shu jumladan, mayishiy korrupsiyaga barham berish, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini shakllantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”da belgilangan chora-tadbirlarning mas’ul rahbarlar tomonidan ijrosi, 2025-yil 10-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining joriy yil 27-yanvardagi KQ-49-V-sonli “Aholi va davlat xizmatchilarining huquqiy ongi hamda madaniyatini yuksaltirish to‘g‘risida”gi qarorini ijrosiga bag‘ishlangan “Munozara maydoni” ko‘rsatuvi o‘tkazildi.
2025-yil 18-aprel kuni viloyat hokimligi Axborot xizmati media markazida “Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini ta’minlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni mavzusida matbuot anjumani, 2025-yil 17-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF-71-sonli Farmoni va PQ-147-sonli Qarori bilan belgilab berilgan “Davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari ishini yangicha tizim asosida tashkil etish yuzasidan belgilangan asosiy vazifalar” yuzasidan brifing o‘tkazildi.
Viloyat hokimligi, barcha shahar va tumanlar hokimliklarida jami 364 nafar boshqaruv xodimlari umumiy, korrupsiya xavf-xatarlari yuqori bo‘lgan lavozimlarda ishlovchi xodimlarga nisbatan maxsus korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida o‘qitilishi hamda yangi ishga qabul qilingan xodimlarni korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari oshirilishi ta’minlanib, xodimlar korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati, manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish bo‘yicha nizomi, xodimlarning odob-axloq qoidalari bilan tanishtirilib, tilxatlar olindi.
Ishga nomzodlarni tekshirish
Hokimlik tizimi xodimlarida halollik siyosatini ta’minlash va umuman jamiyatda korrupsiyaga qarshi kurashish madaniyatini oshirish, yuksak xulq-atvor standartlariga muvofiqlik, shuningdek lavozim majburiyatlarini bajarish chog‘ida xodimlar tomonidan korrupsiyaviy harakatlar sodir etilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6- iyuldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5177-sonli qaroriga muvofiq, 2021-yilning 1-sentabrdan boshlab ishga qabul qilishni ochiq tanlov asosida amalga oshirish hamda tanlov doirasida o‘tkaziladigan sinov tadbirlarini Internet tarmog‘i orqali real rejimida kuzatishni nazarda tutuvchi tartib joriy etilib, ijrosi doimiy ravishda nazorat qilib borilmoqda.
2025- yilning 12-oyi davomida viloyat hokimligida 12 ta vakant ish joylariga xodimlari ishga qabul qilinib, ishga qabul qilish jarayonlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-iyuldagi PF-5177-sonli qaroriga muvofiq ochiq tanlov asosida amalga oshirilib, tanlovda g‘olib deb topilgan nomzodlar mehnat shartnomasi tuzilmasdan oldin manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish bo‘yicha nizom va ishga qabul qilinayotgan nomzodlarni tekshirish bo‘yicha yo‘riqnoma talablariga rioya qilgan holda tekshiruvlar o‘tkazilishi ta’minlandi.
Manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish
Viloyat, shahar va tumanlar hokimliklari hamda viloyat hokimligiga bo‘ysunuvchi muassasalarning korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi samaradorligini yanada takomillashtirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022- yil 12-yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-81-sonli qarori talablari ijrosini ta’minlash, hamda O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining 2021-yil 10-sentabrdagi 03-07/6280-sonli xatiga va 18-oktabrdagi 01-07/6859-sonli tavsiyalariga muvofiq viloyat hokimining 2022- yil 16-iyundagi “Viloyatda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi samaradorligini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 306-3-0-Q/22-sonli qarori bilan “Manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish bo‘yicha nizom” tasdiqlanib manfaatlar to‘qnashuvi tartibga solinishi ta’minlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat hokimining 2024-yil 14-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-iyundagi PQ-210-sonli qarori ijrosi haqida”gi 379-3-0-Q/24-sonli qarori tasdiqlangan.
Manfaatlar to‘qnashuvi va korrupsiya holatlari bo‘yicha xabar berish mumkin bo‘lgan aloqa kanallari Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi aloqa kanali (https://www .facebook .com/jizzaxviloyathokimligi), Telegram massenjeridagi aloqa kanali (@Viloyat_hokimiga_murojaat), ishonch telefoni(+998722220695), Rasmiy veb-saytdagi aloqa kanali (https://jizzax. uz/korrupsiya/), Elektron pochta manzili (Jiz/korrupsiya@ exat/uz) aloqa kanallari yo‘lga qo‘yilib, viloyat hokimligi rasmiy veb-saytiga joylashtirilib, kelib tushgan murojaatlarni korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasi xodimi tomonidan qabul qilinishi, dastlabki tekshiruvdan o‘tkazilishi, manfaatlar to‘qnashuvi haqidagi xabarlarni qabul qilish reestrini yuritilishi va murojaatlarni ro‘yxatga olish, xabar beruvchining anonimligini ta’minlash tartibi joriy etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq viloyat hokimligi, shahar va tumanlar hokimliklari xodimlari tomonidan manfaatlar to‘qnashuvi bo‘yicha taqdim qilingan yillik deklaratsiya va ishga qabul qilishda taqdim qilingan deklaratsiya arizalari tahlil qilinib , manfaatlar to‘qnashuvi holatlari aniqlanmadi.
Korrupsiyaga qarshi qoidalarni shartnomalarga kiritish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 14-sentabrdagi “Shartnomaviy munosabatlarni tubdan takomillishtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PF-6313-son farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat hokimining 2022- yil 5-avgustdagi 254-3-0-F/22-son farmoyishi qabul qilinib, unga muvofiq viloyat, shahar-tuman hokimliklarida bo‘sh ish o‘rinlariga xodimlarni ishga olishda tuziladigan mehnat shartnomalarida va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan davlat xaridlari bilan bog‘liq tuziladigan shartnomalarda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tavsiyaviy xarakterdagi korrupsiyaga qarshi kurashish shartlaridan foydalanish to‘g‘risida yozma ko‘rsatmalar yuborilib, amaliyotga tadbiq etildi.
2025-yil 12-oyi davomida viloyat, shahar va tumanlar hokimliklariga ishga qabul qilindan barcha xodimlar bilan mehnat shartnomalariga korrupsiyaga qarshi kurashish shartlari kiritilishi ta’minlanib, xodimlarga korrupsiyaga qarshi kurashish shartlari shartnomasida tanishtirilishi nazoratga olinib, tanishganligini imzosi bilan tasdiqlagan xodimlar ro‘yhati shakllantirildi.
Kontragentlarni tekshirish
Kontragentlarni tekshirishga oid yo‘riqnomaga muvofiq, hokimlik xodimlarining manfaatlar to‘qnashuvi va shaxsiy manfaatdorligi bilan bog‘liq bo‘lgan korrupsiyaviy xavf-xatarlarni kamaytirish, kontragent bilan shartnoma tuzish to‘g‘risidagi qarorni tegishli darajada korrupsiyaviy xavf-xatarlarni minimallashtirilgan holda qabul qilish imkonini beradigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzishda ishtirokchilarni majburiy tekshirish mexanizmi amaliyotga tatbiq etildi.
2025-yil 12-oyi davomida viloyat hokimligida tuzilgan 83 ta xo‘jalik shartnomalari, hamda shahar va tumanlar hokimliklari tomonidan tuzilgan xo‘jalik shartnomalari bo‘yicha shartnomoviy munosabatga kirishishdan oldin barcha taqdim etilgan hujjatlar bo‘yicha ijrochilar tomonidan tekshiruvlar o‘tkazilishi nazoratga olinib, hokimliklar bosh xisobchilari tomonidan hisobot davrida tuzilgan xo‘jalik shartnomalari to‘g‘risidagi ma’lumot, kontragentlarni tekshirish reestrlari va kontragentlarni tekshirilganligi to‘g‘risidagi xulosalar rasmiylashtirilishi ta’minlandi.
V. Ta’lim va kommunikatsiya
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-iyundagi “Aholi va davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini uzluksiz oshirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-228-sonli qarori ijrosi yuzasidan viloyat hokimligi va uning huzuridagi boshqarma va tashkilotlar hamda shahar va tuman hokimliklari xodimlarini Virtual akademiya bazaviy o‘quv kursida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida malakasini oshiradigan xodimlar to‘g‘risidagi ma’lumot 2025-yil 6 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga yuborilishi ta’minlandi.
Viloyat hokimligi Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha xodimlarning va aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, unga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga oid targ‘ibot tadbirlari doirasidagi faoliyatini 2025-yilda tizimli ravishda amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqildi.
2025-yilning 12-oyi davomida viloyat hokimligi hodimlari O‘zbekiston Respubikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida va O‘zbekiston Respubikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Moliya organlari hamda bydjet tashkilotlarining moliya-hisob bo‘linmalari hodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash o‘quv markazida malaka oshirib sertifakatlar olishdi.
Yuqorigilardan tashqari, korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi majlisining 2025-yil 22-avgustdagi 27-sonli yig‘ilish bayonnomasiga asosan viloyat, shahar va tumanlar hokimliklarining ochiqlikka mas’ul xodimlari “E-Learning” ta’lim platformasida “Ochiq ma’lumotlarga kirish va ochiqlikka oid davlat siyosati asoslari” mavzularidagi masofaviy malaka oshirish kursida ishtirok etib, sertifikat olishdi.
2025 yil 12-oyi davomida viloyat hokimi tomonidan taqdiqlangan hokimlik xodimlarini etika va korrupsiyaga qarshi umumiy va maxsus(qo‘shimcha) o‘qitish hamda ishga qabul qilingan xodimlarni korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha reja va jadvaliga muvofiq viloyat, Jizzax shahar, Mirzacho‘l, Do‘stlik, Arnasoy, Zafarobod, Paxtakor, Sharof Rashidov, Zarbdor, Forish va G‘allaorol, Zomin va Yangiobod tuman hokimliklarida o‘quv seminar mashg‘ulotlari o‘tkazilib, xodimlarga O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi, “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi va “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunlari, korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati, manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish, aniqlash va tartibga solish, korrupsiyaviy hatti-xarakatlar uchun jinoiy, intizomiy va ma’muriylar javobgarlik, xodimlarning xizmatdagi xulq-atvorining asosiy tamoyillari va qoidalari, odob-axloq qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik mavzularida tushintirish va tavsiyalar berildi.
VI.Korrupsiyaviy xatti–xarakatlar va xuquqbuzarliklar to‘g‘risidagi xabarlar
Hokimliklar tizimi xodimlari tomonidan o‘hshash huquqbuzarliklar sodir etilishi ehtimolini baholash maqsadida davlat hokimiyatining boshqa organlarida korrupsiyaviy huquqbuzarliklar sodir etilishining holati va yo‘nalishlari haqida ma’lumotlar to‘planib o‘quv mashg‘ulotlarida viloyat, shahar va tumanlar hokimliklari xodimlari e’tiborlariga yetkazilib, korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha tushintirish va tavsiyalar berildi.
Viloyat hokimligi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish, manfaatlar to‘qnashuvini aniqlash va tegishli ta’sir choralarini ko‘rishga qaratilgan chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish maqsadida aloqa kanallari orqali korrupsiyaviy xatti-harakatlar haqida kelib tushgan xabarlar bilan ishlashning asosiy tamoyillari, shuningdek ro‘yhatdan o‘tkazish va ko‘rib chiqish, tashkilot rahbariga hisobot taqdim etish tartibi, viloyat hokimi qarori bilan tasdiqlangan aloqa kanallari orqali korrupsiyaviy xatti-harakatlar to‘g‘risida kelib tushgan xabarlarni qabul qilish va ko‘rib chiqish reglamentiga muvofiq joriy etildi.
2025-yil 12 oyi davomida viloyat hokimligi, shahar va tumanlar hokimliklari xodimlariga nisbatan aloqa kanallari orqali korrupsiyaviy xatti-xarakatlar to‘g‘risida murojaatlar kelib tushmadi.
Hokimlik tizimida xodimlar tomonidan korrupsion va boshqa jinoyatlarni sodir etilishini oldini olish maqsadida, viloyat DXX mas’ul xodimi bilan hamkorlikda yig‘ilish o‘tkazilib, xodimlarga “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi va “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonunlari hamda etika va odob-axloq qoidalariga rioya qilish to‘g‘risida tushintirish va topshiriqlar berildi.
VII. Monitoring va nazorat
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-iyuldagi PF-6257-son Farmoniga 1-ilova muvofiq tasdiqlangan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2021-2022-yillarga mo‘ljallangan davlat dasturining 26-bandi bilan viloyat hokimligiga yuklatilgan davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari samarali faoliyati tashkil etish to‘g‘risidagi chora tadbiri ijrosi viloyat hokimining 2021-yil 27-sentabr kungi 152-3-0-Q/21 -son qarori bilan viloyat hokimligi korrupsiyaga qarshi ichki nazorat sho’basini tashkil etilib ijrosi ta’minlandi va davlat dasturlarida tashkilotga yuklatilgan vazifa ijrosi monitoring qilinib, O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlat dasturida rejalashtirilgan tadbirlarni amalga oshirilganligi to‘g‘risidagi hisobot taqdim etildi.
VIII. Aniqlangan qoidabuzarliklar va ularga ta’sir choralari
2025-yilning 12 oyi davomida 7 holat yuzasidan davlat xaridlari hujjatlarini qonuniyligi yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazildi.
Zomin tumani hokimining o‘rinbosari X.Yaxshiboev va Zarbdor tumani hokimining o‘rinbosari X. Mullajanovlar lavozimga tayinlangandan keyin ish faoliyatlari davomida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mag‘kamasining 1992-yil 6-martdagi “Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish taqiqlangan mansabdor shaxslarning ro‘yhati to‘g‘risida”gi 103-sonli Qarorga asosan davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining xodimlariga tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktabrdagi “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 13-moddasiga asosan davlat fuqarolik xizmatchisi tadbirkorlik sub’ektlarini tashkil etishga, ularning muassisi bo‘lishga, tadbirkorlik faoliyati sub’ektida tashkiliy-boshqaruv, ma’muriy xo‘jalik vazifalarini bajarishga haqdi emasligi belgilangan bo‘lsada, fermer va tadbirkorligi mavjudligi to‘g‘risida tuman hokimiga bildirgi yoki deklaratsiya orqali ma’lum qilmagan hamda ogoxlantirishlarga qaramasdan tugatish yoki ta’sischilikdan chiqish chorasini ko‘rmasdan, O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-iyundagi “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 14-oktabrdagi “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonun talablarini qo‘pol ravishda buzilishiga yo‘l qo‘yganligi aniqlandi.
Xizmat tekshiruvi hujjatlari tuman hokimliklariga odob-axloq komissiyasida ko‘rib chiqishlik uchun yuborildi.
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining ma’lumotiga asosan Sharof Rashidov tuman Obodonlashtirish boshqarmasi va tumandagi “Xolmo‘minov Zixid” fermer xo‘jaligi rahbari Sh.Noriyeva o‘rtasida 241110082444899-lot va 241110082741142-lot raqami bilan gul ko‘chatlari xaridi bo‘yicha o‘tkazilgan davlat xaridi ustidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilganda, Sh.Noriyeva tuman hokimining qarori bilan “Olmachi” mahalla fuqarolar yig‘inida tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va qambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchisi lavozimida ishlab yurib, O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-iyundagi “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida‘gi Qonunining 8-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 6-martdagi “Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish taqiqlangan mansabdor shaxslarning ro‘yxati to‘g‘risida”gi 103-sonli Qarori, va O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 14-oktabrdagi “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonunning 13-moddasi talablari buzganligi aniqlandi.
Yuqoridagilarga ko‘ra to‘plangan hujjatlar tegishliligi bo‘yicha ko‘rib chiqib manfaatlar to‘qnashuni bartaraf qilish va intizomiy chorasini ko‘rishlik uchin tuman hokimligiga yuborildi.
IX. Xulosalar
Viloyat hokimligi Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2025- yil davomida viloyat, shahar-tuman hokimliklari xodimlarning hamda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, unga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga oid targ‘ibot tadbirlari doirasidagi faoliyatini tizimli ravishda amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqildi.
Viloyat hokimligida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni oldini olish va unga qarshi kurashish ishlari O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlariga talablariga rioya qilgan holda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi joriy etilib, asosiy e’tibor xodimlarni huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish hamda ularga korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratildi.
X. Korrupsiyaga qarshi kurash tizimini yanada rivojlantirish bo‘yicha takliflar va tadbir rejalar
Viloyat hokimligida korrupsiyaga qarshi kurash tizimini yanada rivojlantirish uchun kadrlar bilan ishlash va davlat xaridlari yo‘nalishida byurokratik to‘siqlarga chek qo‘yish hamda korrupsiyaviy xavf-xatarlar va inson omilini qisqartirishga qaratilgan raqamlashtirish tizimini joriy etish.
Viloyat hokimligi Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat sho‘basi rahbari S.Melibayev
