Videoreportaj:Jizzaxda millatlararo totuvlik va dinlararo bag‘rikenglikka bo‘yicha matbuot anjumani o‘tkazildi
2025-12-27 20:00:00 / Yangiliklar

Tadbir viloyat hokimligi Axborot xizmati media markazida bo‘lib o‘tdi va unda viloyat hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari Sahobiddin Boliyev ishtirok etdi.
Anjumanni viloyat hokimining matbuot kotibi Akmal Binokulov ochib berdi.
Anjumanda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligidagi islohotlarda inson huquq va manfaatlari ustuvor ekani ta’kidlandi. Viloyatda 6 ta milliy madaniy markaz faoliyat yuritib, 2025 yilda ularga jami 282 million so‘m subsidiya ajratilgani qayd etildi.
Shuningdek, ko‘p millatli muhit, ta’limning 4 tilda olib borilishi hamda diniy erkinliklar uchun yaratilgan sharoitlarga e’tibor qaratildi.
Yig‘ilishda radikallashuvga qarshi kurash va “Jaholatga qarshi ma’rifat” yo‘nalishidagi targ‘ibot ishlari haqida ham ma’lumot berildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilarning savollariga javoblar berildi.



