Videoreportaj:Jizzaxda “Prezident archasi” bayrami tantanali nishonlandi
2025-12-25 19:10:00 / Yangiliklar

Quvonch va shodlikka to‘la ushbu bayram tadbirida Jizzax viloyati hokimi Ulug‘bek Mustafoyev ishtirok etib, bolajonlarni kirib kelayotgan Yangi yil bilan samimiy muborakbod etdi hamda ularga ezgu tilaklarini bildirdi.
Tadbir davomida davlatimiz rahbarining doimiy e’tibori va qo‘llab-quvvatlashi asosida yurtimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy islohotlar, xususan, bolalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan keng ko‘lamli dasturlarning ahamiyati alohida ta’kidlandi.
Joriy yilda viloyatimizdagi 370 nafar bolajonga Prezidentimizning maxsus sovg‘alari topshirildi.
Ushbu sovg‘alar viloyat hokimi Ulug‘bek Mustafoyev va mutasaddilar tomonidan tantanali ravishda taqdim etildi.
Viloyat Musiqali drama teatrida tashkil etilgan bayramona konsert dasturi esa bolajonlarga unutilmas taassurot va quvonch ulashdi.






