Videoreportaj: Jizzaxda arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari tashkil etilmoqda
2025-12-25 09:00:00 / Yangiliklar
Aholining kundalik ehtiyojlarini ta’minlash, oziq-ovqat mahsulotlari narxlarida barqarorlikni saqlash hamda ijtimoiy himoyani kuchaytirish maqsadida Jizzax shahridagi “Eski shahar” dehqon bozorida arzonlashtirilgan savdo yarmarkasi tashkil etildi.

Mazkur yarmarkada savdo jarayonlari mas’ul tashkilotlar tomonidan doimiy nazoratga olinib, mahsulotlarning sifati, narxlarning asossiz oshirilmasligi va savdo madaniyatiga alohida e’tibor qaratildi. Bu esa aholiga qulay va hamyonbop sharoitda xarid qilish imkonini bermoqda.
📹 Batafsil videolavhada tomosha qiling.
