Videoreportaj: Jizzax tibbiyot klasteri faoliyatiga nazar
2025-12-25 08:30:00 / Yangiliklar
Bugungi kunda sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish, aholiga tibbiy xizmatlarni qulay, tezkor va sifatli ko‘rsatish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangan.

Shu maqsadda Jizzax viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi qoshida tashkil etilgan Jizzax tibbiyot klasteri aholi uchun ortiqcha ovora-garchiliklarni keskin kamaytirib, tibbiy xizmatlar sifatini yangi bosqichga olib chiqmoqda.
Mazkur klasterning eng muhim jihati — barcha turdagi tibbiy xizmatlarning bir hududda jamlanganidir. Diagnostika, laboratoriya tekshiruvlari, tor soha mutaxassislari qabuli, statsionar va ambulator davolanish jarayonlarining uzviy bog‘langani bemorlar vaqtini, mablag‘ini va asabini tejashga xizmat qilmoqda.
📹 Batafsil videolavhada tomosha qiling.
