Videoreportaj: Jizzax viloyatida zamonaviy tibbiy xizmatlar kengaymoqda
2025-12-24 09:00:00 / Yangiliklar

Ushbu sa’y-harakatlar natijasida murakkab jarrohlik amaliyotlarini hududning o‘zida o‘tkazish imkoniyatlari tobora kengayib bormoqda.
Xususan, Respublika ixtisoslashtirilgan jarrohlik va tibbiyot markazining (RSHTYIM) Jizzax filialida yaratilgan zamonaviy sharoitlar, ilg‘or texnologiyalar va malakali shifokorlar jamoasi bemorlarga yuqori sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishga xizmat qilmoqda. Eng quvonarlisi, mazkur shifo maskanida ilk marotaba nafas yo‘llari bilan bog‘liq murakkab jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli amalga oshirildi.
Bu nafaqat tibbiyot muassasasining salohiyati oshib borayotganidan, balki hududda inson salomatligi va hayotiga bo‘lgan e’tibor tobora kuchayib borayotganidan dalolatdir. Bunday yutuqlar bemorlarning uzoq hududlarga borib davolanishiga ehtiyojni kamaytirib, vaqt va mablag‘ tejalishiga ham xizmat qilmoqda.
📹 Batafsil videolavhada tomosha qiling.
