Videoreportaj: Jizzax viloyati hokimligida Xitoylik investorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2025-12-18 10:15:00 / Yangiliklar
Jizzax viloyati hokimi Ulug‘bek Mustafoyev Xitoy Xalq Respublikasining Xenan provinsiyasi, Chjenchjou shahri vakillaridan iborat delegatsiya — “Henan Investment Group Co., Ltd.” kompaniyasi, “Henan Biotech Industry” partiya qo‘mitasi hamda “Henan Biotech Industry Group Co., Ltd.” vakillarini qabul qildi.

Uchrashuv Jizzax viloyati hamda Xitoyning yirik investitsion va biotexnologik kompaniyalari o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish, delegatsiya vakillari uchun viloyatda amalga oshirilayotgan yirik investitsiya loyihalari bilan tanishish, istiqbolli yo‘nalishlarda hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilish maqsadida tashkil etildi.
Uchrashuv davomida sanoat, biotexnologiya, ilmiy tadqiqotlar va investitsiya yo‘nalishlarida amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Tomonlar kelgusida o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirishga qiziqish bildirdi.






