Videoreportaj: Jizzaxda 500 MVTga teng fotoelektr stansiya tarmog‘ining 200 MVT ulanib, foydalanishga topshirildi
2025-12-06 11:05:00 / Yangiliklar

Tadbir chog‘ida mamlakatimiz energetika sohasida 42 ta yangi quvvat ishga tushirilib, 21 ta loyihaning qurilishi boshlab berildi.
Jumladan, Jizzax viloyati Forish tumaninida Xitoy bilan hamkorlikda barpo etilgan 1088 gektar maydonda qurilgan quvvati 500 MVTga “Huadian Jizzax Solar Power” fotoelektr stansiyasining 200 MVT tarmoqqa ulanib, foydalanishga topshirildi.
Davlatimiz rahbari boshchiligidagi videoselektor uchrashuvida Jizzax viloyatidan viloyat hokimi Ulug‘bek Mustafoyev, tuman hokimligi mas’ullari, nuroniylar, xitoylik investorlar, mutaxassislar va ishchi-xizmatchilar ishtirok etishdi.
“Huadian Jizzax Solar Power” fotoelektr stansiyasi loyihasi Xitoyning Huadian va China Electrical Equipment kompaniyalari hamkorligida to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar asosida amalga oshirilmoqda. Loyihaning umumiy quvvati 500 MVT AC (DC qismi 602,64 MVTp) bo‘lib, umumiy investitsiya hajmi taxminan 1,8 milliard yuanni tashkil etadi.
Loyiha BOOT modeli asosida rivojlantirilmoqda, qurilish muddati — 12 oy. Stansiya 1088 gektar maydonni qamrab olgan. 25 yil davomida jami 27,218 milliard kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarilishi, yillik o‘rtacha ko‘rsatkich esa 1,089 milliard kVt/soat bo‘lishi kutilmoqda.
Loyiha to‘liq amalga oshirilgandan so‘ng, har yili taxminan 328,4 ming tonna standart ko‘mir tejaladi. Shu bilan birga, karbonat angidrid chiqindilari 893,8 ming tonna, oltingugurt dioksidi 84,1 tonna, azot oksidlari chiqindilari esa 136,4 tonnaga kamayishiga erishiladi.
Ushbu loyihaning amalga oshirilishi O‘zbekistonning 2030-yilgacha mo‘ljallangan Milliy rivojlanish strategiyasida belgilangan qayta tiklanadigan energiya manbalari ulushini oshirishga qaratilgan ustuvor maqsadlariga to‘liq mos keladi.
Shu bilan birga, O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash, savdo aloqalarini kengaytirish hamda an’anaviy do‘stlik munosabatlarini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.






