Videoreportaj: Zarbdor tumanida infratuzilma va tibbiyot muassasalarini modernizatsiya qilish ishlari keng ko‘lamda olib borilmoqda
2025-12-05 14:00:00 / Yangiliklar
Jumladan, 8 milliard 800 million so‘m mablag‘ evaziga Do‘stlik, Shodlik, Navro‘z, Sharq Yulduzi, Oqar, Andijon va Yangikent mahallalarida joylashgan jami 87 ta ikki va to‘rt qavatli xonadonlar bazalt qoplamasi bilan mustahkamlanmoqda.

Ushbu ta’mirlash ishlari nafaqat uy-joylarning tashqi ko‘rinishini yangilaydi, balki ularning zilzilabardoshligi va energiya samaradorligini oshiradi.
Shu bilan birga, tumanning sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish bo‘yicha ham izchil ishlar amalga oshirilmoqda.
📹 Batafsil videolavhada tomosha qiling.
